2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 11,5 ming tonna meva va rezovorlar yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 106,7.% ni tashkil etdi.
Meva va rezovorlar yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, meva yetishtirishning eng katta hajmi – 6,8 ming tonna dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.