25/07/2024

    Joriy yilning 25-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyul kungi “Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-263-sonli Qarorining hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyul kungi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-266-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

O‘quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.