13/09/2024

    2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 9,1 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 117,7 % ni tashkil etdi.

Poliz yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, poliz yetishtirishning eng katta hajmi – 5,4 ming tonna fermer xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.