2024-yilning yanvar-avgust oylarida Nukus shahrida 3899,1 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,9 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 39,9 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni moliyaviy, transport va savdo xizmatlari egallagan. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 11447,7 ming so'mni tashkil etmoqda.