2024- yilning yanvar-iyun oylarida jami investitsiyalar hajmida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 10,7 % ni yoki 24,6 trln. soʻmni tashkil etgan. Mos ravishda markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 204,8 trln. soʻm yoki jami investitsiyalarning 89,3 % investitsiyalari oʻzlashtirilgan. Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,4 % punktga koʻpaygan.