25/10/2024

    Joriy yilning 25- oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlarining huquqiy bilim salohiyatini yanada oshirish hamda saylov jarayoni va u bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida saylov oldi tadbiri tashkil etildi.

    Tadbirda saylov tizimidagi yangiliklar, saylovning asosiy qoidalari, saylov byulleteni, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylov kampaniyalari, ovoz berish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

    Oʻzbekistonda ilk marotaba Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, yaʼni majoritar-proporsional tizim asosida oʻtkazilmoqda ekanligi, Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar, 75 nafari esa, proporsional tizim boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishi tushuntirildi.

    Shuning bilan birga, saylovlarning ochiq-oshkora, shaffof, amaldagi Konstitutsiyamizda belgilab berilgan tartib-tamoyillar asosida o‘tishini ta’minlash ko‘p jihatdan unda fuqarolarning faol ishtiroki hamda har bir fuqaroning (saylovchilarning) o‘z pozitsiyasini to‘g‘ri anglashi, saylov qonunchiligini chuqur bilib, unga to‘g‘ri amal qilishiga katta ahamiyatga ega ekanligi aytib o‘tildi .

    Tadbir so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.