O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, Statistika agentligi tizimida xodimlar tomonidan mustaqil ta’lim olish orqali o‘z kasbiy kompetensiyasi va savodxonligini uzluksiz oshirib borishini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida “Statistika ta’lim platformasi” (talim.stat.uz) korporativ axborot tizimi ishga tushirildi.
Platforma o‘quv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshiradi.
“Statistika ta’lim platformasi” – joriy etilgan onlayn kurslar orqali xodimlarga masofadan onlayn tarzda ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashi va statistika sohasida bilimlarini oshirishi yuzasidan mustaqil ta’lim olishlari uchun imkoniyat yaratadi.
05/11/2024