2024- yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarida otlar bosh soni 28,1 mingtaga yetdi. O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan solishtirganda 100,4 % ni tashkil etdi.
Otlar bosh sonini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi – 20,2 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.