Joriy yilning 19-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Berdibayev Fayzulla Zaripbayevich “4-xizmat (jsh)” bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvga mas’ul Nukus shahar statistika boʻlimi bosh mutaxassisi Fazilova Almagul tomonidan kuzatuvlarni sifatli tashkil etilayotganligini oʻrganish maqsadida Nukus shahrida bo‘lib, kuzatuvda ishtirok etdi.
Kuzatuvda xizmat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan dislokatsiya nuqtalariga borib, sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.