Joriy yilning 22- noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi A. Mambetova Qorao‘zak tumanida bo‘lib, tuman statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi K. Aytjanov bilan birgalikda bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.
Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlarini registrator tomonidan dislokatsiya nuqtalariga borib, sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.