Joriy yilning 21- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Iqtisodiyot fakultetining talabalari uchun seminar tashkil etildi.
Talabalarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar, xususan, yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshganligi haqida, shuning bilan birga, har bir normaning inson sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari ta’minlanishning kafolati ekanligi haqida tushuntirildi.
Shuningdek, seminarda davlat statistika organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda boshqarmada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.