Joriy yilning 21- noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Iqtisodiyot fakultetining talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida” seminar tashkil etildi. Seminarda talabalarga O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-iyulidan 21-avgustigacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan Farmon va Qarorlar loyihasi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tarmog‘ida joylashtirilganligi.
O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etilishi va ularning asosiy vazifalari belgilanganligi haqida tushuntirildi.
Shuningdek, seminarda Aholini ro‘yxatga olishning mazmuni va ahamiyati hamda boshqarmada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.