03/12/2024

    2024-yilning 27–29-noyabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida “Kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar” hamda “Kambag‘allik va tengsizlikni o‘lchash bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) tomonidan tashkil etildi.

Yig‘ilishda Albaniya, Armaniston, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gertsegovina, Bolgariya, Finlyandiya, Gretsiya, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Meksika, Niderlandiya (Qirollik), Polsha, Moldova Respublikasi, Ruminiya, Rossiya Federatsiyasi, Slovakiya, Ispaniya, Shveytsariya, Tojikiston, Ukraina, Amerika Qo‘shma Shtatlari kabi davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari va boshqa xalqaro tashkilot ekspertlari qatnashdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistondan Statistika agentligining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Urazbaev Rahmatjon Otajanovich  ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro tadbirning asosiy maqsadi, Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va tengsizlikni oʻlchash bo‘yicha uslubiy ishlarni rivojlantirish hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan tadbir doirasida qator taklif va tavsiyalar berildi.