04/12/2024

    Joriy yilning 3- dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”  seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlari, Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalari ishtirok etishdi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Seminar qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.