05/12/2024

    Joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Adliya vazirligining mutaxassisi N.Berdiniyazova hamda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripovalar hamkorligida tadbir tashkil etildi.


Dastlab so‘z olgan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S. Bekmuratov tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bayrami bilan samimiy va qizg‘in tabrikladi.

Shuningdek, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanayotganligini taʼkidlab, Yangi O‘zbekiston hayotining turli sohalarida izchil davom etayotgan keng ko‘lamli va shiddatli islohotlar natijalarini mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning ahamiyati beqiyosligini alohida eʼtirof etdi.

Tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni, xususan, yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan  434 taga oshganligi haqida, shuning bilan birga, har bir normaning inson sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari ta’minlanishning  kafolati ekanligi haqida tushuntirildi. Ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.