2024-yilning yanvar- sentabr oylarida Taxiatosh tumanida 259,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 1,3 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni savdo, moliyaviy va transport xizmatlar egallagan. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 3364,4 ming so'mni tashkil etmoqda.