Joriy yilning 11-dekabr kuni Statistika agentligida shu yilning 2–6-dekabr kunlari Turkiyaning Anqara shahrida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligi tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro savdo va turizm statistikasi” mavzusida o‘quv seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Tadbirda Turkiya statistika instituti prezidenti o’rinbosari Abdullah Yüksel boshchiligidagi Turkstat xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 10 nafar ishtirokchidan iborat delgatsiyasi hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi eksperti Abdulkadir Abukan ishtirok etishdi.
Oʻquv kursida qatnashgan agentlikning 10 nafar ishtirokchidan iborat delegatsiya tovarlar tashqi savdo statistikasi, xizmatlar tashqi savdo statistikasi hamda kiruvchi va chiquvchi turizm statistikasi yo‘nalishlarida Turkiya statistikasi tajribasi yuzasidan olgan bilim va koʻnikmalarini agentlik xodimlariga yetkazishdi.
Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.