Avval xabar berib o‘tganimisdek, joriy yilning 2–6-dekabr kunlari Turkiya Statistika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi va Turkstat ekspertlari ishtirokida hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida “Xalqaro savdo va turizm statistikasi” mavzusida o‘quv kursi boʻlib oʻtdi.
Tadbirning ochilish va yopilish marosimlarida Turkiya statistika instituti prezidenti o‘rinbosari Abdullah Yüksel boshchiligidagi Turkstat xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 10 nafar ishtirokchidan iborat delgatsiyasi hamda TIKA eksperti Abdulkadir Abukan ishtirok etdi.
O‘quv kursi davomida tovarlar tashqi savdo statistikasi, xizmatlar tashqi savdo statistikasi hamda kiruvchi va chiquvchi turizm statistikasi yo‘nalishlarida Turkiya statistikasi tajribasi o‘rganildi.
Tadbir yakunida trening ishtirokchilari Turkiya Statistika instituti va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining xalqaro savdo va turizm yo‘nalishida malaka oshirganlik sertifikati bilan taqdirlandilar.