24/12/2024

    2024-yil 23 – dekabr kuni Statistika agentligida shu yilning 18–19- dekabr kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Rossiya, Qozog‘iston, O’zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon statistika idoralari mutaxassislari hamda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) Statistika qo‘mitasi vakillari boshchiligida tashkil etilgan XTD- 2024 doirasida “Xalqaro taqqoslash dasturi XTD-2024” mavzusida yig‘ilish natijalari boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi.

 

Taqdimotda Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Umarov hamda xalqaro taqqoslash dasturi bo‘yicha narx kuzatuvlari sho‘basi mudiri Bunyodbek Nishonboyev yig‘ilish mobaynida olgan bilim va koʻnikmalarini agentlik xodimlariga yetkazishdi.

Ishtirokchilar XTD- 2024 doirasida olib borilgan keng ko‘lamli ishlar boʻyicha tanishtirildi.

Shuningdek, taqdimot davomida ishtirokchi mamlakatlarda XTD-2024 doirasida o‘rganiladigan tovarlar va xizmatlar ro‘yxati yuzasidan qo‘shimcha savollar hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan boshqa mavzular bo‘yicha atroflicha javoblar berildi.