Joriy yilning 22- yanvar kuni O‘zbekiston Savdo sanoat palatasinig Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida kichik tadbirkolik subyektlari hisobchilariga 1-KB (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonalar” faoliyati to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan yillik davlat statistika hisobotlarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri to‘ldirish va sifatli taqdim etish, mavjud kamchiliklarni muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif, uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Seminarlar davomida ishtirokchilar E-Stat 4.0 elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan ham batafsil tanishtirildi.