15/01/2025

    Joriy yilning 15-yanvar kuni kuni Nukus shahar Nurli Bostan” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod etilganligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekistan Respublikasi qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida”gi 2025-yil
13-yanvar kungi O‘RQ-1018-sonli Qonunining   mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.

Shuningdek, qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi, sug‘urta qildiruvchilar majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar haqida aytildi. Tadbir ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.