2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Bo‘zatov tumanida 109,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,4 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 0,4 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni moliyaviy, savdo va transport xizmatlar egallagan. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 4986,4 ming so'mni tashkil etmoqda.