2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha: 13,1 % chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 78,3 % ining otasi 25-39 yoshlarga hamda 8,6 % chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, tug‘ilgan chaqaloqlar onasining yoshi bo‘yicha:
31,9 % chaqaloqlar onasining yoshi 25 yoshgacha, 65,8 % ining onasi 25-39 yoshlarga hamda 2,3 % chaqaloqlarning onasi 40 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat bo‘lgan.