2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Taxiatosh tumanida 362,5 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 1,2 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni savdo, moliyaviy va transport xizmatlar egallagan. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 4702,1 ming so'mni tashkil etmoqda.