05/03/2025

     2025- yilning 4- mart kuni Milliy statistika qo‘mitasida joriy yilning 24–27-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Tedjon shahrida Koreya Statistikasi (KOSTAT) tashabbusi bilan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-seminari natijalari bo‘yicha taqdimot qilindi.

     Taqdimotda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Sheraliyev Koreya Statistikasida aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari, ma’muriy ma’lumotlardan foydalanish usullari boʻyicha tajribalar bilan oʻrtoqlashdi.

     Shuningdek, taqdimot ishtirokchilari aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish ma’lumotlarini toʻplash, qayta ishlash va sifatini nazorat qilish uchun geografik axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha yangi bilimlardan xabardor bo‘lishdi.

      Tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.