Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet el fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
qarindoshlarni yo‘qlash – 461 277 nafar
xizmat yuzasidan – 88 336 nafar
sayyohlik – 75 392 nafar
tijorat – 41 196 nafar
davolanish – 8 966 nafar
o‘qish – 3 508 nafar