20/03/2025

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Qirg‘iz Respublikasi - 211 262 nafar

Tojikiston - 200 969 nafar

Qozog‘iston - 105 551 nafar

Rossiya - 48 695 nafar

Afg‘oniston - 42 733 nafar

Turkmaniston - 26 154 nafar

Turkiya - 11 660 nafar

Hindiston - 5 049 nafar

Xitoy - 4 988 nafar

Koreya Respublikasi - 2 896 nafar

boshqa davlatlar - 18 718 nafar