24/03/2025

    Joriy yilning 24- mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Bekmuratov hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i I. Najimov ishtirokida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevral kungi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarorinining mazmun – mohiyati, maqsadlari to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.

Shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i I. Najimov aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.