26/03/2025

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 361,2 ming nafarga yoki 37,1 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Qirg‘iz Respublikasi - 422 591 nafar

Tojikiston - 401 377 nafar

Qozog‘iston - 199 048 nafar

Rossiya - 90 611 nafar

Afg‘oniston - 81 797 nafar

Turkmaniston - 48 871 nafar

Turkiya - 22 520 nafar

Xitoy - 14 062 nafar

Hindiston - 10 326 nafar

Koreya Respublikasi - 5 292 nafar

Boshqa davlatlar - 38 810 nafar.