01/04/2025

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1 032,2 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 182,2 ming nafarga yoki 21,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida chet elga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi davlatlarga tashrif buyurgan:

Qirg‘iz Respublikasi – 422 572 nafar;

Tojikiston – 193 348 nafar;

Qozog‘iston – 154 716 nafar;

Saudiya Arabistoni – 81 173 nafar;

Rossiya – 48 029 nafar;

Turkiya – 33 039 nafar;

BAA – 31 787 nafar;

Misr – 11 078 nafar;

Tailand – 10 803 nafar;

Vetnam – 7 876 nafar;

Boshqa davlatlar – 37 740 nafar.