2025- yil 1- aprel holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 651 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan boʻlib, ularning soni oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 162 taga (33,1 %) koʻpaygan.
Hududlar boʻyicha eng koʻp soha korxonasi Nukus shahri (186 ta), Amudaryo (54 ta) va To‘rtko‘l (50 ta) tumanlarida faoliyat koʻrsatgan.
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasidagi jami korxonalarning 406 tasi yoki 62,4% ini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil qilgan.