Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 120,4 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 71 % ga yetgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
Xitoy – 33 %
Rossiya – 10 %
Turkiya – 5,2 %
Saudiya Arabistoni – 4,7 %
Niderlandiya – 3,7 %
Germaniya – 3,3 %