30/04/2025

      Joriy yilning 30-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazida  markaz xodimlari va yoshlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi hamda “Mintaqaviy yo`llarga buyurtmachi xizmati" davlat muassasasining bosh yuriskonsultlari tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

     Davra suhbatida, 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari ishini yangicha tizim asosida tashkil etish yuzasidan belgilangan asosiy vazifalarni samarali amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida “halollik vaksinasi” tamoyili asosida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

     Shuning bilan birga, kompyuter tizimlari, tarmoqlar va ma’lumotlarni ruxsatsiz kirishdan, foydalanishdan, oshkor qilishdan, buzilishdan, o‘zgartirishdan yoki yo‘q qilishdan himoya qilish amaliyoti, kiberxavfsizlikning kundalik hayotimizdagi ahamiyati va huquqiy jihatlari haqida hamda O‘zbekiston Respublikasi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” gi qonun bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

      Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.