Sana munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Savdo-sanoat palatasi boshqarmalarining rahbar-mas’ullari bilan birgalikda Xo‘jayli tumanidagi “Taskópir” va “Jańa jap” mahallalaridagi oilaviy bolalar uylaridan xabar oldi.
Unda xonadon egalari va tarbiyalanuvchilarni bayram bilan samimiy tabriklab, ular bilan dildan suhbatlashdi. Ko‘rib guvohi bo‘lganidek, har bir uyga tarbiyaga olingan bolalar bugungi kunda bir oilaning a’zolaridek, inoqlikda yashamoqda.
Mehmonlar bolalarning kasb-hunarga, ta’lim olishga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari bilan qiziqib, ularga tayyorlab kelgan turli qimmatbaho sovg‘alar bilan adabiy kitoblar guldastasini sovg‘a qildi.