2026- yil yanvar oyida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 2 491,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2025- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,1 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 430,5 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.




