2026-yil 1-mart holatiga koʻra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) 24,2 mingtani tashkil etadi, shundan 20,1 mingtasi yoki 82,9 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir.
Bu ko‘rsatkich 2025- yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʻati 111,9 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda – 113,8 foizni tashkil etdi.




