27/03/2026

Joriy yilning 27-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida seminar tashkil etildi.

Seminarda ushbu qonunning maqsadi, amal qilishi, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari, Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha cheklovlar, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish hamda ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiya haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.