Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 5 177,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 151,3 % ni tashkil etdi.
Qurılısh ishlari iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
Bino va inshootlar qurilishi: eng katta ulush — (76,1 %), oʻsish (180,2 %);
Fuqarolik obyektlarini qurish: ulushi — (18,8%), oʻsish (102,9 %);
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari: ulushi — (5,1%), oʻsish (90,7%).




