17/07/2026

Joriy yilning 17-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi. 

Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2026-yil 22-iyun kungi OʻRQ-1155-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida tushuntirildi.

Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik va jazo choralarini kuchaytirishga, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy va hududiy kengashlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq roʻyxatini belgilashga, korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarning xavfsizligini taʼminlashga, davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaviy omillarni qisqartirishga, shuningdek yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilishini yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.