Joriy yilning 6-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarning oldini olish, xodimlarning huquqiy bilim va mas’uliyatini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari atroflicha tushuntirildi.
Seminarning asosiy mavzularidan biri korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish masalasi bo‘ldi. Xususan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazorat tizimlarining samarali faoliyat yuritishi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash kabi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quv seminar yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.





