Joriy yilning 26-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.
O‘quv seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining faoliyatini tartibga solishdan iborat bo‘lgan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida”gi 2026-yil 14-avgust kungi 1166-son Konstitutsiyaviy Qonunining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida tushuntirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.





