17/08/2021

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.


Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17- avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi hamda hududiy statistika bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.


Tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid atamalar, eksport va import mahsulotlarini hisobga olish usullari bo‘yicha shahar va tuman statistika bo‘limi xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rgandi. Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.


Matbuot xizmati