Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning yanvar - iyun oylarida Respublika bo‘yicha jami 5,7 ming tonna asal olingan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 101,5% ni tashkil qildi.
Asal yetishtirishning yuqori hajmlari 5,0 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 88,0%i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
Respublika bo‘yicha olingan asalning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Jizzax viloyatiga (15,6 %) to‘g‘ri keldi, shuningdek, Farg‘ona viloyatida (14,9 %) hamda Buxoro viloyatida (14,8 %), ham yuqori ko‘rsatkichlar kuzatildi. Shu bilan birga, eng past ulush Sirdaryo viloyatida (2,4 %) qayd etildi.
Matbuot xizmati