21/09/2021

2021- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog’iston Respublikasining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3273,2 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,4 % ni tashkil qildi.

Respublikaning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 2,9 % ni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 30,7 % ni  dehqonchilik mahsulotlari hamda 69,3 % ni chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

 

Matbuot xizmati