Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusi doirasida Mamlakatimizda yoshlarga bo'lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida urg'u berilmoqda.
Beshta muhim tashabbusning uchinchi yo'nalishi – aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Shunga asosan yoshlarni munosib ravishda kamolga etkazish uchun ularni kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo'mitasi rahbariyati tashabbusi bilan Statistika boshqarmasi tomonidan Nukus shahridagi 29-sonli, Amudaryo tumanidagi 63 va 72-sonli umumta'lim ta'lim maktablariga kompyuter vositalari topshirildi.
Matbuot xizmati