23/09/2021

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror osishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 126,0 foizga oshgan.

Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quyidagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda:

  • bino va inshootlar qurish yo‘nalishi 56,9 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,6 foizga oshgan;
  • fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 9,9 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116.7 foizga oshgan;
  • ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 33,2 foiz ulushni va 115,3 foiz o‘sish sur’atini tashkil etdi.

 

Matbuot xizmati