Joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida respublikada 174 812,2 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
Bozor xizmatlarining nominal hajmi 40 858,4 mlrd. so‘mga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 120,3 % ni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:
aloqa va axborotlashtirish – 10 395,6 mlrd;
moliyaviy – 38 333,4 mlrd;
transport – 42 087,9 mlrd;
shu jumladan: avtotransport – 22 109,6 mlrd;
yashash va ovqatlanish – 4 684,0 mlrd;
savdo – 44 251,0 mlrd;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 5 062,3 mlrd;
ta'lim sohasi – 6 868,2 mlrd;
sog‘liqni saqlash sohasi – 3 052,8 mlrd;
ijara – 3 525,4 mlrd;
kompyuter va maishiy tovarlarni ta'mirlash – 2 920,5 mlrd;
shaxsiy – 4 365,7 mlrd;
me'morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi – 3 670,2 mlrd;
boshqalar – 5 595,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
Matbuot xizmati