24/09/2021

Nima uchun aholini roʻyxatga olish aholi turmush darajasini oʻrganishda juda muhum?

Aholini roʻyxatga olish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish-aholi farovonligini oshirishga yordam beradigan qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Bundan tashqari milliardlab davlat pullarini adolatli taqsimlashda yordam beradi bunda ta'lim dasturlarini, sogʻliqni saqlash tizimini, huquqni muhofoza qilish organlarini va avtomobil yoʻllarini qurish kabi aholi turmush darajasini yuksaltiradigan tadbirlar, hududdagi aholi soniga qarab moliyalashtiriladi. Umuman olganda, aholini roʻyxatga olish bizning mamlakatimiz qanday oʻzgarayotganini kuzatishga yordam beradi.

Aholini roʻyxatga olish ma'lumotlari nafaqat, qaror qabul qiluvchilar, statistika tizimi va qonun chiqaruvchi davlat organlari uchun, balki tadqiqot va marketing kompaniyalari, hususiy sektor va siyosiy partiyalar uchun ham qimmatli ma'lumot manbayi boʻlib hisoblanadi.

Roʻyxatga olish, olimlar aytganidek, hisobotlarda mavjud boʻlmagan ma'lumotlarni olish yoki uning ma'lumotlarini tekshirish uchun maqsus tashkil etilgan statistik kuzatuv turi hisoblanadi. Odatda aholini roʻyxatga olish bir qator hususiyatlar boʻyicha statistik  kuzatuv obyektining soni, tarkibi va holati tug'risida ma'lumot olish uchun muntazam ravishda amalga oshiriladi.

 

Matbuot xizmati