27/09/2021

2021- yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 19,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 69,7 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 20 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 ming tonnaga kamaygan.

 O‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston eng  ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

 Qozog‘iston – 29,2 ming tonna

 Rossiya – 19,2 ming tonna

 Qirg‘iz R. – 10,2 ming tonna

 Ukraina – 4,9 ming tonna

 Latviya – 2,3 ming tonna

 Belarus – 1,3 ming tonna

 Tojikiston – 960,8 tonna

 Germaniya – 939,4 tonna

 

Matbuot xizmati