11/10/2021

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021 yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,1 kishini tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha tahlil qilganda, eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida (5,6 kishi), eng quyi ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida (4,2 kishi) qayd etildi.

 

 

Matbuot xizmati